Microsoft 14-oktyabrdan boshlab Windows 10 operatsion tizimi uchun rasmiy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi, deb Rozetked xabar berdi. Bu degani, tizim endi hech qanday yangilanishlarni, jumladan xavfsizlik yangilanishlarini ham olmaydi.
Kompaniya foydalanuvchilarga Windows 11 ga o‘tishni tavsiya qilmoqda. Bu yangi tizim xavfsizlik, barqarorlik va ishonchlilik jihatidan ancha rivojlangan hisoblanadi.
Shu bilan birga, internetdagi mutaxassislar Windows 10 foydalanuvchilariga ESU (Extended Security Updates) dasturiga a’zo bo‘lishni tavsiya qilmoqda. Bu orqali Windows 10 uchun xavfsizlik yangilanishlari yana bir yil davomida taqdim etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar