20:06 / 17.02.2017
4 400

Twitter internet bezorilarini tiyib qo‘yadi

Twitter internet bezorilarini tiyib qo‘yadi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i rahbarlari internetda boshqalarga qo‘pollik qiluvchi hamda boshqa internet foydalanuvchilarni masxaralab, kamsitish bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi choralar qabul qildi.

Twitter oxirgi yangilanishidan keyin ba’zi akkauntlarni bloklab, ularning postlarini do‘stlardan o‘zgalarga ko‘rinmaydigan qilib qo‘ygandi. Shunday ish orqali saytdan foydalanish xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan, bloklangan foydalanuvchilarga pochta orqali ogohlantirishlar yuborildi.

BuzzFeed nashrida ma’lum qilinishicha, Twitter avvaldan internet bezorilari haqida ma’lumotlar to‘plagan, bittadan ortiq akkauntga tahdid va haqoratlar yozgan foydalanuvchilarga e’tibor qaratilgan. Endilikda bunday akkauntlarning ta’sir ko‘rsatish doirasi cheklandi. Internet bezorilari (xamlar) boshqa foydalanuvchilardan qanday ajratib olinishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)