date

Max Payne 3 uchun Timoti Gibbs qiyofasini qaytargan mod chiqdi

Max Payne 3 uchun Timoti Gibbs qiyofasini qaytargan mod chiqdi

Max Payne muxlislari uzoq yillardan beri uchinchi o‘yinda bosh qahramonning tashqi ko‘rinishi keskin o‘zgargani haqida bahslashib keladi. Jeyms Makkafri rolda zo‘r ishlagan bo‘lsa-da, ko‘plab o‘yinchilar Max Payne 2: The Fall of Max Payne’dagi “klassik” Timoti Gibbs qiyofasini sog‘ingan. Endi esa bu sog‘inch Alexsavvy taxallusli moddarning katta loyihasi tufayli amalda ro‘yobga chiqdi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.

Ko‘plab zamonaviy modlar neyrotarmoqlar yoki dipfeyk yechimlariga tayanayotgan bir paytda, Alexsavvy tayyorlagan Timoti Gibbs Mod qo‘l mehnati va mayda detallargacha ishlangan yondashuv bilan ajralib turadi.

Max Payne 3’ning eng kuchli jihatlaridan biri jarohat va shikastlanish tizimi edi. Mod ham shu “meros”ni saqlab qoladi: yuz uchun 21 xil materialdan foydalanilgan, syujet rivoji bilan Makсning dastlabki boblarda olgan yaralari bitib boradi, yangi ko‘karish va kesiklar esa ssenariyga qat’iy mos tarzda paydo bo‘ladi.

Shuningdek, modda 14 ta turli soch turmagi varianti bor. Muallif Gibbsning klassik soch uslubini shunchaki ko‘chirmagan, balki uni o‘yin bosqichlariga moslab qayta ishlagan: Nyu-Jersidagi parishon ko‘rinishdan tortib Braziliya xarobalaridagi mashhur qirilgan sochgacha. Hatto soqol va sochning finalga yaqin tabiiy o‘sib borishi ham realistik aks etgan.

Alexsavvy aktyor boshini noldan modellashtirib, uni Max Payne 3 dvijogiga ideal moslashtirgan. Shu sababli “g‘alati” sun’iylik hissi kamaygan va almashuv Rockstar Games’ning rasmiy yangilanishiga o‘xshab ko‘rinadi.

Modni Max Payne 3 uchun bepul yuklab olish mumkin. Shuningdek, uning qanday ishlashini ko‘rsatadigan video ham taqdim etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Max Payne 3 uchun Timoti Gibbs qiyofasini qaytargan mod chiqdi