Motorola Razr Fold FIFA Edition taqdim etildi: 6000 mAs batareya va 7 yillik yangilanish

Motorola kompaniyasi Hindistonda yangi Razr Fold smartfonini, shuningdek, uning maxsus FIFA Edition versiyasini taqdim etdi. Ushbu model o‘ziga xos vizual elementlar, yangilangan interfeys, FIFA Heroes o‘yini hamda orqa panelida 24 karatli oltin rangli FIFA emblemasi bilan ajralib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilma juda yupqa korpusga ega: yig‘ilgan holatda 9,9 mm, yoyilganda esa atigi 4,6 mm qalinlikda. Smartfon IP48/IP49 standartlari bo‘yicha chang va namlikdan himoyalangan hamda Motorola Pen Ultra stilusini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning ichiga 6000 mAs sig‘imli kremniy-uglerodli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, 80 W tezkor va 50 W simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega.
Smartfon Snapdragon 8 Gen 5 protsessori va 16 GB LPDDR5X tezkor xotira bilan jihozlangan. Kamera tizimi 50 MP asosiy Sony LYTIA 828, 50 MP keng burchakli va 50 MP periskop linzalardan iborat. DxOMark laboratoriyasi ushbu kamerani o‘z toifasida eng yaxshisi deb e’tirof etdi.
Qurilma 6,6 dyuymli tashqi pOLED (165 Hz) va 8,1 dyuymli ichki LTPO (120 Hz) ekranlar bilan ta’minlangan. Android 16 operatsion tizimida ishlaydigan smartfon 7 yil davomida tizimli yangilanishlar va xavfsizlik yamoqlarini oladi. Cheklangan versiya 1780 dollar narxda sotuvga chiqarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!