date

Google Android foydalanuvchilari uchun Pause Point funksiyasini taqdim etdi

Google Android foydalanuvchilari uchun Pause Point funksiyasini taqdim etdi

Google kompaniyasi Android operatsion tizimida foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramligini kamaytirishga qaratilgan Pause Point nomli yangi funksiyani ishga tushirdi. Ushbu vosita foydalanuvchini chalg‘ituvchi ilovalarni ochganda 10 soniyalik majburiy tanaffus qilishga undaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Dasturchilarning ta‘kidlashicha, ushbu qisqa pauza foydalanuvchiga "Men bu yerga nima uchun kirdim?" degan savolni berish imkonini beradi. Tanaffus vaqtida tizim foydalanuvchini nafas olish mashqlarini bajarishga yoki foydaliroq mashg‘ulotlar haqida o‘ylashga chorlaydi.

Pause Point funksiyasi shunchaki cheklov emas, balki raqamli farovonlikni oshirish vositasidir. Tizim foydalanuvchiga ijtimoiy tarmoqlar o‘rniga fitnes ilovalari, audio kitoblar yoki elektron kutubxonalardan foydalanishni tavsiya qilishi mumkin.

Shuningdek, funksiya doirasida ilovadan foydalanishdan oldin maxsus taymer o‘rnatish imkoniyati mavjud. Ushbu taymerni o‘chirib qo‘yish oddiy sozlamalarga qaraganda qiyinroq, chunki u telefonni qayta ishga tushirishni talab qiladi, bu esa foydalanuvchini o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google Android foydalanuvchilari uchun Pause Point funksiyasini taqdim etdi