Elon Musk Delta Air Lines'ning Starlink'dan voz kechish sababini tushuntirdi

Delta Air Lines aviakompaniyasi SpaceX kompaniyasining Starlink sun'iy yo'ldosh internet xizmatidan foydalanishdan bosh tortdi. Aviakompaniya yo'lovchilarga internetga ulanishni Starlink portali orqali emas, balki o'zining Delta Sync tizimi orqali taqdim etmoqchi bo'lgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Elon Musk ushbu vaziyatga izoh berar ekan, SpaceX o'z xizmatlarida foydalanuvchilarni bezovta qiluvchi qo'shimcha portallar bo'lishini istamasligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, Starlink Wi-Fi tarmog'i xuddi uydagi kabi uzluksiz va muammosiz ishlashi kerak.
Musk Delta Air Lines'ning yondashuvini tanqid qilib, kompaniya xizmatni mijozlar uchun ataylab murakkab, noqulay va qimmat qilishni rejalashtirganini aytdi. U bunday strategiya muvaffaqiyat keltirmasligiga ishonch bildirdi.
Natijada, Delta Air Lines Amazon kompaniyasining past orbitadagi sun'iy yo'ldosh tarmog'i bilan hamkorlik qilishga qaror qildi. Hozirgi kunda koinotda 10 400 ga yaqin Starlink va 300 ga yaqin Amazon LEO sun'iy yo'ldoshlari faoliyat yuritmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!