date

RJD sunʼiy intellektga asoslangan Avtoprotokol servisining ochiq testini boshladi

RJD sunʼiy intellektga asoslangan Avtoprotokol servisining ochiq testini boshladi

"RJD – Sifrovie passajirskie resheniya" jamoasi audio va video yozuvlarni tahlil qilish hamda matnga oʻgirishga moʻljallangan "Avtoprotokol" sunʼiy intellekt servisining ochiq test sinovlarini boshladi. Ushbu platforma yigʻilishlar yozuvlarini avtomatik ravishda tuzilmali hujjatlarga aylantirib, asosiy tezislarni ajratib koʻrsatadi va soʻzlovchilarni taym-kodlar orqali aniqlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Garchi servis temir yoʻl sohasi terminologiyasiga moslashtirilgan boʻlsa-da, u har qanday sohada foydalanish uchun qulay. Foydalanuvchilar faylni saytga yuklab, elektron pochta manzilini koʻrsatishlari kifoya. Tizim toʻliq onlayn rejimda ishlaydi va maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha talablarga javob beradi.

Kompaniya bosh direktori Yevgeniya Chuxnovaning taʼkidlashicha, servis doimiy ravishda takomillashtirilmoqda va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari inobatga olinmoqda. Kelgusida transkripsiya sifatini oshirish, shovqinni kamaytirish va boshqa raqamli xizmatlar bilan integratsiyani yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Yopiq test davrida servis orqali 500 dan ortiq yozuv qayta ishlanib, 400 ga yaqin protokol shakllantirildi. Umumiy hisobda 21 kundan ortiq davom etgan audio va video materiallar tahlil qilinib, tizimning samaradorligi tasdiqlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » RJD sunʼiy intellektga asoslangan Avtoprotokol servisining ochiq testini boshladi