date

Thermal Grizzly kompaniyasi skalp qilingan Intel Core Ultra 7 270K Plus protsessorini chiqardi

Thermal Grizzly kompaniyasi skalp qilingan Intel Core Ultra 7 270K Plus protsessorini chiqardi

Thermal Grizzly kompaniyasi maxsus qayta ishlangan Intel Core Ultra 7 270K Plus protsessorlari savdosini boshladi. Ushbu qurilmalar zavod sharoitida issiqlik tarqatuvchi qopqoqdan (krishka) ajratilgan bo‘lib, kristalning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovutish tizimi bilan ishlashiga moslashtirilgan. Bunday protsessorning narxi 525 dollarni tashkil etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Arrow Lake turkumiga mansub mazkur CPU LGA1851 soketi uchun mo‘ljallangan. U 24 ta yadro (8 ta unumdor va 16 ta energiya tejamkor) hamda 24 ta oqimga ega. Protsessor 5,5 GGs gacha chastotada ishlaydi va 36 MB Intel Smart Cache xotirasi bilan jihozlangan. Uning standart TDP ko‘rsatkichi 125 Wni tashkil etadi.

Oddiy Intel Core Ultra 7 270K modelining tavsiya etilgan narxi 290-300 dollar atrofida bo‘lsa-da, Thermal Grizzly taklif etayotgan variant deyarli ikki barobar qimmatroq. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, suyuq metall va maxsus suv bloki yordamida protsessor harorati standart holatga nisbatan 22°C gacha pasayishi mumkin.

Skalp qilingan protsessor Intel'ning rasmiy kafolatidan mahrum bo‘ladi, shuning uchun Thermal Grizzly o‘zining shaxsiy kafolatini taqdim etadi. Har bir CPU sinchkovlik bilan tekshiriladi va to‘plamga test natijalari hamda kristalning makrosurati yozilgan USB-disk ilova qilinadi. Ishlab chiqaruvchi protsessorni qayta yopishni qat’iyan tavsiya etmaydi, chunki bu qurilmaning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Thermal Grizzly kompaniyasi skalp qilingan Intel Core Ultra 7 270K Plus protsessorini chiqardi