Delta aviakompaniyasi Starlink o‘rniga Amazon tizimini tanladi

Delta Air Lines aviakompaniyasi bortda internet xizmatini joriy etish bo‘yicha SpaceX kompaniyasi bilan kelisha olmadi. Tomonlar o‘rtasidagi asosiy ziddiyat yo‘lovchilarning tarmoqqa ulanish usuli yuzasidan yuzaga keldi. Delta o‘zining Delta Sync portali orqali kirishni talab qilgan bo‘lsa, SpaceX bunga qarshi chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ilon Mask Starlink tizimi uy interneti kabi hech qanday qo‘shimcha login va sahifalarsiz ishlashi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday portallar foydalanuvchi tajribasini yomonlashtiradi va tizimni keraksiz darajada murakkablashtiradi. Natijada, Delta hamkorlikdan voz kechib, Amazon kompaniyasining Kuiper loyihasini tanladi.
Rejaga ko‘ra, Amazon Leo tizimi 2028-yilga yaqin 500 ga yaqin samolyotga o‘rnatiladi. Delta uchun Wi-Fi shunchaki xizmat emas, balki mijozlarni brend ekotizimida ushlab turish vositasidir. SpaceX esa bunday monetizatsiya usulidan voz kechib, foydalanish qulayligini ustun qo‘ymoqda.
Ushbu qaror aviatsiya interneti bozorida ikkita qarama-qarshi yondashuv mavjudligini ko‘rsatadi. Bir tomonda aviakompaniyalarning yopiq raqamli ekotizimlari bo‘lsa, ikkinchi tomonda hech qanday to‘siqlarsiz, shaffof ulanishni ta’minlovchi texnologik yechimlar turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!