date

Ilmiy fantastika kabi: SpaceX kompaniyasining Super Heavy raketasi tunda ko‘chirildi

Ilmiy fantastika kabi: SpaceX kompaniyasining Super Heavy raketasi tunda ko‘chirildi

SpaceX kompaniyasi Texasdagi Starbase hududida Super Heavy Booster 19 tezlatgichini tungi vaqtda tashish jarayonini amalga oshirdi. Ikki daqiqalik videolavhada ulkan raketa bosqichi o‘ziyurar modulli SPMT platformasida kompaniya shtab-kvartirasi yonidan sekinlik bilan o‘tayotgani aks etgan. Tashish jarayoni qorong‘u vaqtda va kuchli shamol sharoitida o‘tdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Booster 19 bazadagi ofislar, texnikalar va odamlar fonida juda salobatli ko‘rinadi. Bu jarayon xuddi ilmiy fantastik filmdagi sahnalarni eslatadi. Hozirda SpaceX Starship raketasining navbatdagi sinov parvoziga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda, uning sanasi 22-mayga belgilangan.

Starship bugungi kunda tarixdagi eng yirik va eng kuchli raketa tizimi hisoblanadi. Kompleksning umumiy balandligi 124 metrni tashkil etadi va Elon Muskning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda raketa yana 15–20 foizga kattalashishi mumkin.

SpaceX rahbari Elon Musk Starship ishlab chiqarish liniyasi to‘liq yuklanganini ma’lum qildi. Kompaniya yil oxiriga qadar yana 10 ta Starship kemasi va 5 ta Super Heavy tezlatgichini qurishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Ilmiy fantastika kabi: SpaceX kompaniyasining Super Heavy raketasi tunda ko‘chirildi