Lenovo Legion Y70 taqdim etildi: 8000 mA/soat batareya va 4 ta SIM-karta qo‘llab-quvvatlovi

Lenovo kompaniyasi o‘zining yangi Legion Y70 smartfonini rasman taqdim etdi. Qurilma yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, Qualcomm Snapdragon 8 Gen 5 protsessori asosida ishlaydi. Smartfonning boshlang‘ich 12/256 GB hajmli versiyasi 310 dollar atrofida baholanmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi model 6,82 dyuymli OLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u 2K tasvir aniqligi, 144 Hz yangilanish tezligi va 7000 nitgacha bo‘lgan yuqori yorqinlikni taqdim etadi. Displey sifati o‘yinlar va multimedia kontenti uchun yuqori darajada optimallashtirilgan.
Qurilmaning asosiy o‘ziga xosligi — 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyatoridir. Lenovo batareyaning 7 yilgacha xizmat qilishini va'da qilmoqda, shuningdek, 4 yil davomida sig‘im 80 foizdan kamaysa, batareyani bepul almashtirish kafolatini taqdim etadi. Tezkor quvvatlash quvvati 90 Wni tashkil etadi.
Smartfonning yana bir muhim jihati — to‘rtta SIM-kartani (ikkita jismoniy va ikkita eSIM) qo‘llab-quvvatlashidir. Sovutish tizimi uchun suyuq metall va bug‘lanish kamerasi ishlatilgan, korpus esa IP66, IP68 va IP69 standartlari bo‘yicha namlik hamda changdan himoyalangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!