Sam Altman: Sunʼiy intellekt ish oʻrinlari qisqarishiga olib kelmadi

OpenAI bosh direktori Sam Altman sunʼiy intellektning jadal rivojlanishi va joriy etilishi global miqyosda ish oʻrinlarining ommaviy yoʻqolishiga sabab boʻlmasligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu texnologiya ofis xodimlari uchun u qoʻrqqan darajada salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Sidneyda boʻlib oʻtgan Commonwealth Bank of Australia (CBA) konferensiyasida soʻzga chiqqan Altman, dastlab sunʼiy intellektning bandlik darajasiga taʼsiridan xavotirda boʻlganini tan oldi. U 2022-yilda ChatGPT ishga tushirilgan paytda OpenAI rahbariyati texnologik prognozlar borasida haq boʻlganini, biroq ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar masalasida adashganini aytdi.
“Adashganimdan xursandman. Men hozirgi vaqtga kelib boshlangʻich darajadagi mutaxassislar uchun ish oʻrinlari qisqarishi haqiqatda sodir boʻlganidan koʻra koʻproq taʼsir koʻrsatadi deb oʻylagandim. Endi men nima uchun bunday boʻlmaganini yaxshiroq tushungandekman va bundan minnatdorman”, — dedi Sam Altman.
OpenAI — sunʼiy intellekt sohasidagi yetakchi Amerika ilmiy-tadqiqot kompaniyasi boʻlib, u mashhur ChatGPT chat-botini yaratgan. Kompaniya GPT modellar oilasi, DALL-E tasvirlar generatori va Sora video-generatori kabi ilgʻor neyrotarmoqlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!