Starlink Hind okeanidagi buylar orqali Starship qoʻnishini namoyish etdi

SpaceX kompaniyasi Starship kosmik kemasining oʻn ikkinchi sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi. Ushbu missiyaning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri Starlink terminallari bilan jihozlangan maxsus buylar yordamida amalga oshirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya boʻldi. Videolavha Starlink sahifasida eʼlon qilindi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Suzuvchi platforma-buylar Hind okeanining kema qoʻnishi rejalashtirilgan nuqtasiga joylashtirildi. Ular real vaqt rejimida barqaror tasvirni taʼminlab berdi: videoda Starship dvigatellari ishlab turgan holatda suvga vertikal yaqinlashgani va teginish vaqtida ulkan bugʻ buluti hosil boʻlgani aks etgan.
Rasmiy ravishda Starlink ularni buylar (buoys) deb ataydi — bu ixcham, suvda chidamli, kameralari giroskopik stabilizatsiyaga ega va standart Starlink Mini terminallari oʻrnatilgan qurilmalardir. Ular oddiy aloqa mavjud boʻlmagan ochiq okeanda yuqori sifatli tasvir va telemetriya maʼlumotlarini uzatish imkonini beradi.
Avvalroq GoPro kompaniyasi ham Starship V3 parvozidan hayratlanarli kadrlarni taqdim etgan edi. Shuningdek, SpaceX dronlar va 60 k/s chastotali kameralar yordamida olingan yangi videolarni ham ulashdi. Bu kadrlar raketaning start maydonchasidan koʻtarilishi va qoʻnish jarayonini batafsil koʻrsatib beradi.
Starship — bu Ilon Mask rahbarligidagi SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan oʻta ogʻir, toʻliq koʻp marta ishlatiladigan transport tizimi va kosmik kemadir. U kosmonavtika tarixida yaratilgan eng ulkan va eng kuchli raketa hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!