Cooler Master va G.Skill ichki ventilyatorli MasterDIMM AC xotirasini taqdim etdi

Cooler Master va G.Skill kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqilgan MasterDIMM AC — faol sovutish tizimiga ega yangi DDR5 modullar liniyasini namoyish etdi. Oddiy operativ xotira platalaridan farqli oʻlaroq, ushbu yangilik yuqori yuklamalar ostida issiqlikni samaraliroq chiqarib yuborish uchun ichki ventilyatorli massiv radiator bilan jihozlangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu modullar keyingi avlod platformalari uchun moʻljallangan boʻlib, AMD EXPO va Intel XMP 3.0 texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Texnik xususiyatlariga koʻra, AMD platformalari uchun CL26 tayminglari bilan 6000 MT/s gacha, Intel tizimlari uchun esa 8400 MT/s gacha tezliklar eʼlon qilingan.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, faol sovutish tizimi xotira haroratini 15 °C gacha pasaytirish imkonini beradi, shovqin darajasi esa 35 dB dan oshmaydi. Bu koʻrsatkichlar overclocking ishqibozlari va yuqori unumdorlikka intiluvchi foydalanuvchilar uchun juda muhimdir.
Yangi mahsulot Computex 2026 koʻrgazmasida keng jamoatchilikka namoyish etilishi rejalashtirilgan. Hozircha Cooler Master va G.Skill qurilmaning narxi va sotuvga chiqish muddatlari haqidagi maʼlumotlarni ochiqlamadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!