NVIDIA GeForce RTX 50 Super videokartalari 2027-yil boshida chiqadi

NVIDIA GeForce RTX 50 Super videokartalari 2027-yil boshida chiqadi

Tayvanning BenchLife.info nashri oʻzining ishonchli manbalariga tayanib, NVIDIA kompaniyasi GeForce RTX 50 seriyasining Super versiyalarini 2027-yilning boshida taqdim etishini maʻlum qildi. Katta ehtimol bilan, yangi qurilmalar CES 2027 koʻrgazmasi doirasida namoyish etiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

GeForce RTX 50 Super liniyasidagi eng muhim yangilanishlardan biri bu xotira hajmining sezilarli darajada oshishidir. Maʻlumotlarga koʻra, GDDR7 xotira standarti qoʻllaniladigan ushbu kartalarda xotira hajmi 16 GB dan 24 GB gacha koʻtariladi.

Shuningdek, avvalroq tarqalgan xabarlarga koʻra, liniyada 12 GB xotiraga ega RTX 5060 versiyasi ham paydo boʻlishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi stol usti kompyuterlari (PC) uchun RTX 5060, 5070, 5070 Ti va 5080 seriyalarining Super modellarini chiqarishni rejalashtirmoqda.

Hozircha videokartalarning mobil (noutbuklar uchun) versiyalari haqida aniq maʻlumotlar mavjud emas. NVIDIA oʻzining yangi arxitekturasi orqali grafik unumdorlik va energiya samaradorligi borasida yangi standartlarni oʻrnatishni maqsad qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar