OnePlus hamyonbop smartfonlar bozorini portlatmoqchi: Yangi N6 modeli anons qilindi

Smartfonlar bozorida oʻzining yuqori unumdor qurilmalari bilan tanilgan OnePlus kompaniyasi hamyonbop segmentda yangi inqilob qilishga tayyorlanmoqda. Kompaniya rasman yangi N turkumiga mansub OnePlus N6 modelini anons qildi. Ushbu qurilma nafaqat narxi, balki avtonom ishlash vaqti bilan ham foydalanuvchilarni hayratda qoldirishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi smartfon asosan yoshlar auditoriyasiga moʻljallangan boʻlib, zamonaviy dizayn va yuqori energiya samaradorligini oʻzida mujassam etadi. Kompaniya tomonidan eʼlon qilingan rasmiy tizerda qurilmaning kamida ikki xil rangda sotuvga chiqishi koʻrsatilgan. Suratdagi “Always On. Always Smooth” shiori esa smartfonning uzoq vaqt quvvat saqlashi va interfeysning silliq ishlashiga ishora qilmoqda.
Narx va texnik imkoniyatlar
Hozircha OnePlus qurilmaning aniq texnik xususiyatlarini sir tutmoqda. Biroq, ixbt.com nashrining taniqli insayder Abishek Yadav ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, smartfonning narxi 20 ming rupiy atrofida boʻladi. Bu esa xalqaro bozorda OnePlus N6 narxi 200 dollardan oshmasligini anglatadi. Bunday narx strategiyasi brendning hamyonbop smartfonlar bozoridagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamlashi mumkin.Texnologiya olami ekspertlarining taxminiga koʻra, OnePlus N6 oʻzining texnik koʻrsatkichlari bilan Nord CE6 modeliga juda yaqin boʻladi. Ularning tashqi koʻrinishi deyarli bir xil ekanligi bu taxminlarni yanada quvvatlamoqda. Insayder Abishek Yadav avval ham Xiaomi Mi 10T turkumidagi smartfonlar haqida aniq ma’lumotlarni taqdim etgani bois, uning OnePlus haqidagi prognozlari ham ishonchli deb koʻrilmoqda.
Oʻzbekiston smartfon bozorida OnePlus brendi oʻzining barqaror dasturiy ta’minoti va sifatli yigʻilishi bilan qadrlanadi. Agar yangi model haqiqatan ham 200 dollardan arzonroq narxda sotuvga chiqsa, u yurtimizdagi oʻrta boʻgʻin xaridorlari uchun eng jozibador variantlardan biriga aylanishi shubhasiz. Ayniqsa, uzoq vaqt quvvat saqlaydigan qurilmalarga boʻlgan talab yuqoriligini hisobga olsa, OnePlus N6 xit savdoga aylanishi mumkin.
Smartfonning rasmiy taqdimoti joriy yilning 30-iyun kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Aynan shu kuni barcha texnik tafsilotlar, akkumulyator sigʻimi va displey xususiyatlari ochiqlanadi. Hozircha foydalanuvchilar faqatgina zamonaviy dizayn va hamyonbop narxdan umid qilishmoqda.






























Izohlar 0
…