Smartfonlar bozorida Commodore brendi paydo bo‘ladi

Yaqin vaqt ichida Commodore brendi ostida bozorga smartfonlar chiqariladi. Bu haqda Wired nashriGa asoslanib Kun.uz yozmoqda.
Ilgari o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan ushbu brend ikki italiyalik tadbirkor tomonidan qayta tiklanadi. Ular ko‘pgina mamlakatlarda brenddan foydalanish huquqini sotib olganliklarini e’tirof qilmoqda. Massimo Kanigiani va Karlo Skattolini yangi Commodore PET smartfonini yaratib, unga ikkita emulyator o‘rnatdilar – VICE C64 i Uae4All2-SDL Amiga. Aytilishicha, uskunada kompyuter o‘yinlariga katta e’tibor beriladi.
Boshqa jihatlari bilan PET o‘rta narxdagi smartfonlardan jiddiy farqlanmaydi – u 64 bitli 1.7. GHz, 8 yadroli Mediatek prosessori, 13 Mp li kamera 3000 mAh batareyaga ega. Smartfonning old qismida 5.5 dyuymli 1080p IPS displeyi, orqasida esa brend nomi tushirilgan polikarbonatli paneli o‘rnatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing