Microsoft Lumia 950 va 950 XL flagmanlari rasman taqdim etildi

1 daqiqa o'qish7K
Microsoft Lumia 950 va 950 XL flagmanlari rasman taqdim etildi
Microsoft Lumia 950 va 950 XL flagmanlari rasman taqdim etildi

Microsoft kompaniyasi Windows 10 Mobile mobil operatsion tizimida ishlovchi eng yangi Lumia 950 va 950 XL flagmanlarini rasman taqdim etdi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru”ga asoslanib “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Lumia 950 XL 5,7 dyuymli va 2560×1440 pikselli displey, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 810 protsessori, 32 GB doimiy va 3 GB tezkor xotira, 3340 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ldi. Lumia 950’ga esa 5,2 dyuymli va 2560×1440 pikselli displey, olti yadroli Snapdragon 808 protsessori, 20 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 32 GB doimiy va 3 GB tezkor xotira, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.

Tezkorlik bilan quvvat olish funksiyasi smartfonni 30 daqiqada 50 foiz zaryadlash imkonini beradi. Flagmanlarda Windows Hello funksiyasi ham bo‘lib, u gadjetning egasini tanib olish uchun xizmat qiladi.

Lumia 950 va 950 XL tegishli ravishda 549 va 649 dollar turadi va noyabrda sotuvga chiqadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?