Hech kimga sir emaski, zamonaviy smartfonlar kun davomida o‘zidan radiatsiya nurlari tarqatuvchi tarkibiy qismlarga ham ega bo‘ladi. To‘g‘ri, bu tarkibiy qismlardan tarqalayotgan nurlarning miqdori inson salomatligi uchun xavfli emas. Biroq, me’yor buzilsa, nurlanish xavfi inson uchun xayrli oqibatlarni keltirib chiqarmasligi mumkin.
Kuni kecha Germaniyaning Aholini radiatsiya nurlaridan himoya qilish bo‘yicha federatsiyasi ayni paytda sotilayotgan 40 dan ziyod mobil aloqa vositalarini tekshiruvdan o‘tkazib, ularning foydalanishga qanchalar yaroqli ekanini aniqladi.
O‘rganish jarayonida har bir qurilmaning radiatsiya nuri tarqatish darajasi o‘lchab ko‘rildi. Bir necha oy davom etgan tadqiqot yakunlariga ko‘ra, ekspertlar qimmatli ma’lumot va hisobotlarni tayyorlashdi. Natijada, germaniyalik mutaxassislar ayni paytda smartfon bozorida sotilayotgan va radiatsiya nuri tarqatish darajasi eng yuqori bo‘lgan 15 ta xavfli smartfonlar ro‘yxatini tuzishdi.
2018 yilning fevral oyi yakunida e’lon qilingan hisobotlarda qayd etilishicha, mazkur smartfonlar odamlar uchun ham, boshqa tirik mavjudotlar uchun ham zararli.
Top-15: o‘zidan eng ko‘p radiatsiya nuri tarqatuvchi smartfonlar va radiatsiya miqdori:
OnePlus 5T — 1,68 Vt/kg
Huawei Mate 9 — 1,64 Vt/kg
Nokia Lumia 630 — 1,51 Vt/kg
Huawei P9 Plus — 1,48 Vt/kg
Huawei GX8 — 1,44 Vt/kg
Huawei P9 — 1,43 Vt/kg
Huawei Nova Plus — 1,41 Vt/kg
OnePlus 5 — 1,39 Vt/kg
Huawei P9 lite — 1,38 Vt/kg
iPhone 7 — 1,38 Vt/kg
Sony Xperia XZ1 Compact — 1,36 Vt/kg
iPhone 8 — 1,32 Vt/kg
ZTE AXON 7 mini — 1,29 Vt/kg
BlackBerry DTEK60 — 1,28 Vt/kg
iPhone 7 Plus — 1,24 Vt/kg
Ko‘rib turganingiz kabi, bu smartfonlar orasida, ayniqsa, OnePlus 5T modeli radiatsiya nurini tarqatishda “ilg‘or”. U boshqa flagmanlarga qaraganda o‘zidan rekord miqdordagi zararni tarqatadi.
Ikkinchi o‘rin esa Xitoyning boshqa bir smartfon modeli – Huawei tomonidan ishlab chiqilgan Mate 9 flagmaniga tegishli. Umuman olganda, mutaxassislarning fikricha, bu brendga tegishli ko‘plab smartfonlarning zararli radioto‘lqin tarqatish darajasi me’yoridan yuqori ekan.
Xavfli smartfonlar ro‘yxatida negadir Samsung kompaniyasi telefonlari ko‘rinmaydi. Ekspertlarning ma’lum qilishlaricha, ular koreyalik IT-kompaniyaning bir nechta smartfon modellari tekshirib ko‘rilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi yetakchi flagmanlardan biri bo‘lgan Galaxy S8 modelidagi nurlanish miqdori bor-yo‘g‘i 0,25 Vt/kg.ni tashkil qilgan. Ya’ni, reytingdagi mobil aloqa vositalari chiqarayotgan nur miqdoridan bir necha barobar past.
Shunga ko‘ra aytish mumkinki, Janubiy Koreyalik kompaniya jahonning eng xavfsiz smartfonlarini ishlab chiqarishda yetakchi. Uning smartfonlari foydalanuvchilar uchun zararli emas.
Tekshiruvlarda o‘rganilgan smartfonlar orasida Sony Xperia M5 telefon modeli eng xavfsiz devays deb topilgan. Uning radiatsiya nurini tarqatish miqdori 0,14 Vt/kg.ni tashkil qiladi.
Qanday himoyalanish mumkin?
Eng kuchli radiosignal zamonaviy smartfonlar korpusi ichiga joylashtirilgan antenna signaligi uzatuvchi qurilmadan chiqadi. Bu qurilma antenna signalini topishda qiynalganida o‘zidan zararli nurlar tarqata boshlaydi.
Aksariyat smartfon foydalanuvchilari suhbat chog‘ida smartfonni quloqlariga tutishadi. Bu - xato. Smartfonda suhbatlashayotganda imkon qadar audio quloqchinlar yordamida gaplashing.
Olimlarning ma’lum qilishlaricha, quyidagi chora-tadbirlar bizni smartfon zararidan himoya qiladi:
- Telefonda kamroq so‘zlashing;
- Telefondagi suhbat dinamigini yoqib qo‘yib gaplashing. Natijada, smartfon boshdan uzog‘roq turadi;
- Imkon qadar mobil aloqa antennalariga yaqin joyda suhbatda bo‘ling. Imkon qadar antenna yaxshi joyda suhbat quring. Boisi, antenna yaxshi joyda smartfon o‘zidan ko‘p quvvat chiqarmaydi va zararli nur tarqatmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?