Amerikaning In Real Life kompaniyasi televizor va monitorlardagi tasvirlarni yashira oluvchi maxsus koʻzoynaklarni ishlab chiqdi deb maʼlum qildi “Kun” nashri.
“In Real Life kompaniyasi koʻzoynaklarida maxsus polyarizatsiyalangan linzalar qoʻllaniladi, bu linzalar displeylardagi tasvirni qora toʻgʻri toʻrtburchakka aylantiradi”, - deyiladi kompaniyada.
“Koʻzoynaklar ekranlar dengiziga choʻkib ketmaslik uchun atrofimizdagi displeylardagi tasvirlarni filtrlashga moʻljallangan”, - deydi kompaniya asoschisi Ivan Kesh. Uning fikricha, insonga chalgʻituvchi vizual axborotdan dam olish imkonini beruvchi qurilma boʻlishi kerak.
“Baʼzan smartfonlarni ”parvoz“ rejimiga oʻtkazib, barcha televizorlarni oʻchirib qoʻyishimiz mumkin. Biroq vaqt oʻtgan sari bunday hashamatdan yiroqlashyapmiz”, - deya qoʻshimcha qildi Kesh.
Taʼkidlash joizki, koʻzoynaklar LCD va LED texnologiyalaridan foydalangan holatda ishlangan boʻlsagina ekranlardagi tasvirni bloklay oladi. Koʻzoynak OLED-texnologiyasiga koʻra ishlangan displeylar va gadjetlar ekranlaridagi tasvirlarni bloklamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»