
Smartfoningizda quvvat tez tugab qolyaptimi? Muammo nimadaligini bilasizmi? Unda o‘qishda davom eting — chorasini topamiz.
Tabiiy yeyilish
Hamma narsaning o‘z xizmat muddati bor. Har qanday akkumulyator ham bir kuni borib tugaydi. «Umrini yashab bo‘ldimi», har qancha urinmang, batareya asliga qaytmaydi — almashtiring (akkumulyatorni yoki smartfonni).
To‘liq quvvat
Telefon quvvati 0 foizga tushib ketishi zararli. Quvvatini hech bo‘lmaganda 10-30 foizda ushlab turishga odatlaning.
«Yeb to‘ymas» modullar
Smartfoningizda Wi-Fi, Bluetooth, GPS va shunga o‘xshash narsalar doim yoniqmi? Unda o‘zingizdan o‘pkalang. Mana, telefon nima uchun tez quvvatini yo‘qotadi. Internetni yoki boshqa shunga o‘xshash signaltalab modullarni faqat kerak payti yoqing. Ekran yorug‘ligini sal kamaytirib qo‘ysangiz ham zarar qilmaydi.
Ilovalar
Ba’zilar bironta ilovani (masalan, o‘yin, elektron kitob va hokazo) ishlatib bo‘lib, o‘chirmaydi, shunchaki chetga surib qo‘yadi. Bu yaxshimas, chunki akkumulyatorning kuchi shungayam ketib qoladi. Ilovalardan faqat o‘chirish yo‘li bilan chiqib ketish kerak.
Harorat
Akkumulyator uchun eng maqbul harorat 0 dan +30 darajagacha. O‘ta sovuq havo akkumulyatorga aks ta’sir etishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar