Xalqaro Statista tahliliy kompaniyasi ekspertlari tomonidan eng yuqori va past elektr magnitli nurlanish darajasiga ega bo‘lgan smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi. Kompaniya o‘z tadqiqotlarida Germaniyaning radiatsiyaviy himoya bo‘yicha idorasi(Bundesamt für Strahlenschutz) ma’lumotlariga asoslandi.
Statista kompaniyasining e’tiroficha, eng kuchli magnit nurlanishiga ega smartfonlar quyidagilar:
Eng kuchli nurlanishga ega smartfon deb Xiaomi Mi A1 rusumi topildi – nurlanish 1 kg.ga 1,75 vattga teng.
Ikkinchi o‘rinda OnePlus 5T(1,68 vatt/kg.), uchinchi o‘rindan Xiaomi Mi Max 3(1,58) joy olgan. Dastlabki oltilikka OnePlus 6T(1,55), HTC U12 life(1,48), Xiaomi Mi Mix 3(1,45) markalari kiritilgan.
Iphone 7 esa 9-o‘rin(1,38), Iphone 8 14-o‘rin(1,32 vatt) bo‘ldi.
Statista kompaniyasining e’tiroficha, eng kuchsiz magnit nurlanishiga ega smartfonlar quyidagilar:
Eng kuchsiz elektr magnit nurlanishiga ega smartfonlar sifatida esa Samsung Galaxy Note 8 va ZTE Axon Elite e’lon qilindi. Ularning bu boradagi ko‘rsatkichi 0,17 vatt/kg.ga teng. LG G7 va Samsung Galaxy A8(0,24), Samsung Galaxy S8+ va Samsung Galaxy S7 Edge(0,26) ham bu borada ko‘rsatib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, SAR – kilogrammga vatt(Vt/kg.) o‘lchov birligi bo‘lib, inson tanasi to‘qimalariga bir soniya davomida yutiladigan elektr magnit quvvatining solishtirma koeffitsiyenti hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich bilan mobil telefonlar yetkazadigan zarar darajasi aniqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi