date

Apple’ni gadjetlar xotirasini qasddan to‘ldirib qo‘yishda ayblashdi

Apple’ni gadjetlar xotirasini qasddan to‘ldirib qo‘yishda ayblashdi

Ikki kaliforniyalik Apple kompaniyasi ustidan Mayami sudiga arz qildi. BBC News’ning xabar berishicha, da’vogarlar kompaniyani iOS 8 operasion tizimi qurilmalarning xotirasini haddan tashqari ko‘p “eb qo‘yish”da ayblashgan, deb yozadi kun.uz.

Pol Orshan (Paul Orshan) va Kristofer Endara (Christopher Endara)ning so‘zlariga ko‘ra, iOS 8 operasion tizimi Apple gadjetlarida 23,1 foizgacha xotirani band qiladi. iPad va iPhone’ning nisbatan eski modellarini yangi operasion tizimga moslashtirish vaqtida qurilma 1,3 gigabaytgacha xotirani isrof qilishi mumkin.

Da’vogarlarning qayd etishlaricha, Apple operasion tizimni sotishda dastur uchun aynan qancha xotira kerak bo‘lishini oldindan aytmaydi. Ularning fikricha, kompaniya buni qasddan, o‘zining ma’lumotlarni bulut-texnologiyada saqlashga asoslangan iCloud pulli servisiga imkon qadar ko‘proq foydalanuvchi obuna bo‘lishi uchun yashiradi.

Apple hozircha da’vogarlarning shikoyati bo‘yicha hech qanday izoh berganicha yo‘q.

iOS 8 operasion tizimi oxirgi marta 2014 yilning sentyabr oyi oxirida yangilangan, biroq Apple uni qaytarib olib, qaytadan chiqargan edi. Tizimning birinchi versiyasi iPhone 6 smartfonning haddan tashqari ko‘p xotirasidan foydalanardi va unda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmasdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple’ni gadjetlar xotirasini qasddan to‘ldirib qo‘yishda ayblashdi