date

Google Translate’da sinxron tarjima funksiyasi paydo bo‘ladi

Google Translate’da sinxron tarjima funksiyasi paydo bo‘ladi

Google o‘zining Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan Google Translate dasturida sinxron tarjima funksiyasini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi The New York Times'ga asoslanib Daryo nashri. Yangilanma tez orada Google Play’da paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Dastur bir nechta tildagi og‘zaki nutqni tanib, tarjimani yozma shaklda bajaradi. Bunday funksiya Google Translate’da allaqachon mavjud, biroq bu safar tarjima hech qanday sustkashliklarsiz amalga oshirilishi kutilmoqda.

O‘tgan yilning dekabrida Microsoft Skype Translator uchun shunga o‘xshash funksiyani sinov rejimida taqdim etdi. U ovozli qo‘ng‘iroqlar chog‘ida hozircha ikkita — ispan va ingliz tillarida sinxron tarjimani bajaradi.

Foto: talks.su / daryo
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google Translate’da sinxron tarjima funksiyasi paydo bo‘ladi