Yodingizda bo‘lsa, 2019 yilning 1 apreldan yurtimizda mobil qurilmalar IMEI kodlarini avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etilgan edi. Shundan so‘ng 1 dekabrdan ushbu xizmat pullik asosda amalga oshirili haqida ham aytildi. Biroq hali-hamon qanchadan qancha fuqarolar ushbu tizimni to‘laqonli anglab ham yetganlari yo‘q, ya’ni ular telefonlarining IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishmagan.
Avval ham ushbu yangilikning qator kamchiliklarini aytib tanqid qilgan bloger Xushnud Xudoyberdiyev, yangi yildan boshlab aholining ko‘pchiligi aloqasiz qolishidan tashvishda:
“Saylov bilan bo‘lib hamma IMEI kodlar muammosini unutdi shekilli. Vaholanki, puxta o‘ylanmagan va mantiqan asoslantirilmagan tizimning yaratilishi ortidan minglab fuqarolarimizning telefoni 1 yanvardan ishlamay qolishi mumkin. Tasavvur qilyapsizmi?
«Barcha tanqidlarga javob berilyapti» deyilganday bo‘lgandi shekilli. Ammo mana bu postga hali birorta rasmiy javob berilmadi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining xo‘jako‘rsin uchun yozgan bayonotini hisobga olmaganda, albatta. Ammo bu bayonot zig‘ircha qiymatga ega emas.
Boz ustiga biz muammo ko‘lamini hisobga olib, shaxsan vazir ishtirokida matbuot anjumani talab qilgan edik. Ammo bu ham bo‘lmadi. Vazir janoblarining xalq uchun ajratadigan qimmatli vaqti yo‘qmi yoki?
Kim bo‘lsa ham mundoq tushuntirib bersin, ikkita sim-kartali telefonining 2 ta kodini shundoq bazaga kiritib qo‘yish uchun xalq nimaga 100 ming so‘m pul to‘lashi kerak? Nimaga?” — yana savollar bilan murojaat qilmoqda bloger. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”