Takomillashtirilgan innovatsion traktor akademik Oqil Salimov rahbarligidagi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Buxoro viloyati Jondor tumanida istiqomat qiluvchi Shahob Qoryog‘diyev, Shuhrat Suvonov bilan birgalikda ishlab chiqilgan.
Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev boshchiligidagi Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi ushbu traktorni ko‘zdan kechirishdi, deya ma’lum qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Traktorga osma va g‘ildirakli traktorlarda avval qo‘llanilmagan yangi tipdagi dempfirlovchi yumshoq qurilma joriy etilgan, u traktorning ish vaqtidagi tebranishlarini 7-8 baravarga kamaytirishga qodir.
Ustalarning so‘zlariga ko‘ra, o‘rnatilgan dvigatelning quvvati 152 ot kuchini tashkil qiladi, ma’lumki bunday quvvatli dvigatellarga biogaz qo‘llansa, uning quvvati shunday klassda ishlovchi haydov traktorlari uchun qo‘yiladigan talablarga to‘liq javob beradi.
Traktor 4 ta biogaz ballonlari bilan jihozlangan. Traktorning asosiy xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, shu turdagi traktorlar bilan taqqoslaganda sarflanadigan uglevodorodli yonilg‘ini 2 baravarga tejaydi.
Traktorning og‘ir qishloq xo‘jaligi ishlarida (shudgor) samarali ishlashi uchun uning barcha g‘ildiraklari yetakchi qilib tayyorlangan.
Umumiy og‘irligi 3200 kg.ni tashkil etadi. Bu esa og‘irligi 10 tonnadan ortiq bo‘lgan traktorlar kabi tuproq zichlanib qolishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Shuningdek, yangi traktor yaratuvchilari ixtironi belgilangan tartibda patentlashga muvaffaq bo‘lishgan. Vazirlik mutasaddilari va ixtirochilar ichki hamda tashqi bozor talablaridan kelib chiqqan holda, mana shunday noyob traktorlar yaratiladigan va modernizatsiya qilinadigan sex tashkil etish xususida fikr almashdilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”