17:17 / 17.03.2020
8 359

AQSHda birinchi marta koronavirus vaksinasi odamga solindi

AQSHda birinchi marta koronavirus vaksinasi odamga solindi
AQSH mutaxassislari koronavirus vaksinasini birinchi marta odamga solishdi. Biroq, uni tarqatishga hali vaqt bor, deb xabar beradi CNBCga tayanib Kazinform.
«Sietlda sog‘lom odamga koronavirusga qarshi vaksina solindi. Klinik sinov bugun rasmiylar tomonidan rasman e’lon qilindi. Keyingi olti hafta ichida olimlar yana 45 kishiga tadqiqot o‘tkazadilar. Shu tarzda, emlashning xavfsizligi sinovdan o‘tkaziladi», - deyilgan sayt axborotida.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, vaksina Siyetldagi Vashington ilmiy-tadqiqot institutida o‘rganiladi. «Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti yangi vaksinani hayvonlarga sinovdan o‘tkazmasdan darhol odamga yuborishga qaror qildi. Bu vaksinaning bozorga kirishini tezlashtiradi, ammo shuni yodda tutish kerakki, bu faqat birinchi qadam», - deydi mualliflar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi dori klinik sinovlarning uch bosqichidan o‘tishi kerak. Agar joriy sinov muvaffaqiyatli bo‘lsa, u holda vaksina 12-18 oy ichida ommaga tarqatiladi. Yangi vaksina NIAID olimlari va Kembrijdagi Moderna Inc. biotexnologik kompaniyasi olimlari tomonidan yaratilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSHda birinchi marta koronavirus vaksinasi odamga solindi