Hashamatli 4 shaxsiy samolyot. Ular orasida Alisher Usmonovning «Burhon»i ham bor (foto)

1 daqiqa o'qish5.9K
Hashamatli 4 shaxsiy samolyot. Ular orasida Alisher Usmonovning «Burhon»i ham bor (foto)
Foto: Pinterest
Mport nashri dunyodagi eng hashamatli shaxsiy samolyotlar borasidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Ular orasidan asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovning «Burhon»i ham o‘rin olgan.

Boeing 747-8
Uzaytirilgan fyuzelyajga ega ushbu Boeing Yaqin Sharq mamlakatlaridan birining rahbariga tegishli. To‘rt motorli ikki palubali avialayner ichi — haqiqiy saroy. U yerda hashamatli yotoqxona, ulkan oshxona va taniqli bosh oshpaz, chill-out zonasi, kabinet, anjuman zali va mehmonlar uchun maxsus yotoqxona mavjud.
Hashamatli 4 shaxsiy samolyot. Ular orasida Alisher Usmonovning «Burhon»i ham bor (foto)
Foto: Pinterest
Bularning barchasiga tilla bilan ishlov berilgan. 600 kishini sig‘dira oladigan 448 tonnali samolyot bir necha o‘n kishi uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning konsturksiyasiga 400 million funt sterling sarflangan.

Airbus A380 Custom
Ushbu samolyot haqida bilish kerak bo‘lgan dastlabki narsa — unda ikkita Rolls-Royce sig‘adigan garaj, konsert zali, otxona va qirg‘iylar uchun maxsus xona borligi. Mazkur samolyot Saudiya Arabistonining amaldagi podshohining jiyani shahzoda Al-Valid bin Talyalga tegishli.
Hashamatli 4 shaxsiy samolyot. Ular orasida Alisher Usmonovning «Burhon»i ham bor (foto)
Foto: Pinterest
To‘rtta turboventilayatorli motorga ega uchar saroyning balandligi 24, uzunligi 73 metrga teng bo‘lib, marmar hammom, ulkan yotoqxona, taxt zali va sport spa-markaziga ega. Shahzoda ushbu samolyotni 2016 yilda 488 million dollarga sotib olgan.

Airbus A340-300 Custom
Agarda siz milliarder Alisher Usmonov bo‘lsangiz, oddiy biznes-klassda uchish yaramaydi. Ulkan shaxsiy samolyot kerak, masalan, 220 million dollarlik Airbus A340. Mazkur samolyot jigarrangga bo‘yalib, unga milliarderning otasining ismi — Burhon — berilgan.
Hashamatli 4 shaxsiy samolyot. Ular orasida Alisher Usmonovning «Burhon»i ham bor (foto)
Foto: Pinterest
Boshqa qimmatbaho samolyotlardan farqli o‘laroq, «Burhon» yangiligida sotib olingan va bir marta havoga ko‘tarilish orqali 14 ming kilometr uzoqlikka ucha oladi.

Boeing 747-430
Mazkur samolyotni Bruney sultoni Hassanal Bolkiax Lufthansa’dan 100 million dollar evaziga xarid qilgan. Sulton samolyot ichini to‘ldirish uchun yana shuncha mablag‘ sarflagan.
Hashamatli 4 shaxsiy samolyot. Ular orasida Alisher Usmonovning «Burhon»i ham bor (foto)
Foto: Pinterest
Bu yerda toza oltindan ishlangan rakovina, fransuz qandillari, tabiiy charm qoplamali va zarhal yog‘ochdan yasalgan shponlar mavjud.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?