11:30 / 11.08.2020
3 072

AQSH prezidenti tovushdan tez samolyotga ega bo‘ladi

AQSH prezidenti tovushdan tez samolyotga ega bo‘ladi
Foto: Hermeus
Hermeus aerokosmik kompaniyasi AQSH Harbiy-havo kuchlari bilan prezident floti uchun tovushdan tez samolyotni yaratish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.

2021 yilda Harbiy-havo kuchlari AQSH prezidentining parvozlarida foydalanishga mo‘ljallangan Boeing 747-8 samolyotlarini qabul qilib oladi, Hermeus shartnomasida samolyotlarni almashtirish imkoniyati nazarda tutilgan.

Kompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, ular samolyot yetkazib berish bo‘yicha tanlovda soatiga taxminan 6125,22 kilometr tezlikni taqdim etishga qodir dvigatel prototipini taqdim etganlaridan so‘ng g‘olib chiqqan. Keyingi besh yil davomida Hermeus kelajak samolyotini yaratishni rejalashtirmoqda, tovushdan tez samolyotning tijoriy versiyasini yaratish 10 yilga qadar vaqt oladi.

Hermeus’ga 2018 yilda SpaceX, Blue Origin va Generation Orbit kompaniyalaridan chiqqan muhandislar asos solgan. 2019 yilda ishlab chiqaruvchi Nyu-Yorkdan Parijga qadar 90 daqiqada yetib borishga qodir samolyot yaratish niyatida ekanliklarini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSH prezidenti tovushdan tez samolyotga ega bo‘ladi