Internetda iPhone 12 Pro’ning ilk haqiqiy videosi paydo bo‘ldi

Internetda iPhone 12 Pro’ning ilk haqiqiy videosi paydo bo‘ldi
Kadr: Twitter
iPhone 12 Pro ingichka qirralari silliqlangan yangi dizaynga ega bo‘ldi — orqa tomonida u iPhone 11 Pro’dan hech qaysi jihati bilan farq qilmaydi, yon tomonidan esa eski iPhone 5’ni yodga soladi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Internetga tarqalgan videoda yangi iPhone’ni har tomondan tomosha qilish mumkin.

iPhone 12 Pro uchta kamera va lidar sensoriga ega bo‘lgan. Smartfon ilk 5 nanometrli A14 Bionic protsessorida ishlaydi.

Avvalroq Picodi portali tahlilchilari tadqiqot o‘tkazib, dunyoning qaysi mamlakatida yashovchi aholi Apple’ning yangi mahsuloti — 128 gigabaytli iPhone 12 Pro versiyani xarid qilish imkoniga ega ekanligini aniqlagan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar