Fransiyada chivinlar va bezgakka qarshi kurashga ixtisoslashgan kompaniya mutaxassislari odamni nafaqat hasharotlar, balki viruslardan ham himoya qiladigan qurilmani ixtiro qilishdi va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.
«Hasharotlar odatda bizni hid orqali topishadi. Uning tarqatuvchisi hisoblangan molekulalar kuchsiz elektr maydoni yordamida chekinishi mumkin. Medalon ko‘rinishidagi moslama aynan uni yuzaga keltiradi», — deya ma’lum qilishdi kompaniyadagilar.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida ishlab chiquvchilar o‘zlarining qurilmalariga ozgina o‘zgartirish kiritishga qaror qilishdi. Ular medalonga nomi sir saqlanayotgan qandaydir mineral va havoni ozonlovchi apparatni qo‘shdilar. Endi u havodagi viruslarni, shu jumladan, SARS-CoV-2ni ham chekintiradi.
«Le Parisien» nashrining yozishicha, qurilma allaqachon Parijdagi Paster institutida sinovdan o‘tkazildi. Qurilma yopiq joyda 10 daqiqada havoni 94 foiz virus shtammlaridan tozalagan. Ommaviy ishlab chiqarish ma’qullangan bo‘lib, hozirda medalonga talab oshmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”