15:23 / 22.12.2020
1 973

Ekrani ostida «ko‘rinmas» kameraga ega smartfon o‘zini oqlamadi

Ekrani ostida «ko‘rinmas» kameraga ega smartfon o‘zini oqlamadi
Foto: The Verge
Sentabr boshida Xitoyning ZTE kompaniyasi «yashiringan» frontal kameraga ega birinchi smartfon — Axon 20 5G’ni taqdim etgandi. Ishlab chiqaruvchi 32 megapikselli datchikni displey ostiga yashirish uchun organik va noorganik plyonkadan iborat yuqori shaffoflikka ega materialni ishlatgan. Shuningdek, smartfonga tasvirni qayta ishlovchi optimallashtirilgan algoritmlar o‘rnatilgani haqida ham aytilgan edi.

Yaqin vaqtlargacha kamerasi ekran ostida joylashgan ilk smartfon «jumboq»ligicha qolib kelayotgan edi, chunki hali biror-bir foydalanuvchi uning ustidagi tajribasi bilan bo‘lishmagandi. The Verge muallifi yangi qurilmani sinovdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi: Axon 20 5G smartfonini haqiqatda olamshumul deb atashga hali erta. Suratlar chaplangan va yorqin bo‘lib qolmoqda, uni zamonaviy qurilmalar yordamida olingan suratlar bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

Foto: The Verge
Bundan tashqari, displey ostida yashiringan kamerani umuman sezilmaydigan deb bo‘lmaydi — yorqin ekran va «zastavka»da u ko‘zga tashlanadi.

Foto: The Verge
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, ZTE bozorga bu kabi smartfonni chiqarganining o‘zi muhim hodisa hisoblanadi, biroq u aslida kim uchun mo‘ljallangani tushunarsiz. Displey ostidagi selfi-kamera odatdagi smartfonlardan ko‘ra ko‘proq odamni chalg‘itadi — texnologiya hali xom. Shu bilan birga, 499 dollar turadigan smartfonning ishlashi yomon emas. Shu sababli paradoks yuzaga keladi: Axon 20 5G uning «asosiy» jihatiga e’tibor qaratmaydigan auditoriya uchun jozibador bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ekrani ostida «ko‘rinmas» kameraga ega smartfon o‘zini oqlamadi