12:38 / 02.01.2021
2 210

Xiaomi laboratoriyalarida smartfonlar qanday yaratiladi? (video)

Xiaomi laboratoriyalarida smartfonlar qanday yaratiladi? (video)
Kadr: YouTube
Xiaomi Xaydyan tumanida (Pekin) joylashgan ilmiy-texnik parkidagi laboratoriyaning ishlash jarayoni tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.
Xiaomi Science and Technology Park — kompaniyaning yangi shtab-kvartirasi. U umumiy maydoni 210 ming kvadrat metrga teng 8 ta binodan iborat. Majmuani qurish uchun kompaniya 291 million dollarga yaqin mablag‘ sarflagan.

Majmua ichida Xiaomi Labs laboratoriyasi joylashgan bo‘lib, u yerdagi 123 ta ixtisoslashtirilgan xona smartfonlar sotuvga chiqquniga qadar ularni o‘zgartirish va yaxshilash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, qurilmalar u yerda turli testlardan o‘tkaziladi. Videoda laboratoriyaning smartfonlar bilan ishlash bosqichlari namoyish etilgan:

Xususan, u yerda qurilma ekranlarining yaratilishi, kameralar sinovi va ish jarayonining boshqa elementlarini kuzatish mumkin.
Barcha sinov bosqichlaridan o‘tgan modellar bozorga chiqadi. Jarayon tez emas va oylab vaqt talab etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi laboratoriyalarida smartfonlar qanday yaratiladi? (video)