
Foto: w3.bilkent.edu.tr
Anqaradagi Bilkent universiteti olimlari koronavirusni 10 soniyada aniqlovchi qurilmani ishlab chiqishdi. Diagnovir deb nomlangan qurilma koronavirusni so‘lak namunalarida aniqlay oladi.
Buning uchun namuna maxsus aralashma bilan aralashtirilib, so‘ngra yuqumli infeksiyalarni aniqlash uchun chipga joylashtiriladi. Agar biosensor infeksiya borligini aniqlasa, qurilmaning optik tizimi yorug‘lanish rangini o‘zgartiradi. Koronavirusni tekshirish jarayoni 10 soniyadan oshmaydi.
Olimlarning ta’kidlashicha, asbob samaradorligi 99 foizga yetadi. Unda qo‘llanuvchi texnologiya turk mutaxassislari tomonidan 7 oy ichida ishlab chiqilgan va nafaqat koronavirus, balki boshqa patogenlarni ham aniqlay oladi. Ayni vaqtda qurilmani patentlash rejalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar