08:35 / 16.01.2021
1 897

Nyu-Yorkda shifokorlarni koronavirusdan himoyalash maqsadida bemorlar uchun shaffof shlem yaratildi

Nyu-Yorkda shifokorlarni koronavirusdan himoyalash maqsadida bemorlar uchun shaffof shlem yaratildi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Nyu-Yorkdagi Konel universiteti mutaxassislari bemorlar uchun shifokorlarni himoya qilishga mo‘ljallangan shlem yaratdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Taxminlarga ko‘ra, ushbu shlemni stomatolog va otolaringologlarning bemorlari kiyadi. Ushbu shifokorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorning og‘zi, burni va tomog‘ini ko‘rishi kerak bo‘lgani sabab ularda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish ehtimoli yuqori.

Shlem to‘liq shaffof ko‘rinishda, shu sababli nafaqat shifokorning ko‘rishi, balki bemor uchun ham xalaqit qilmaydi. Shifokor o‘z ishini muammosiz bajarishi uchun qurilma egasining og‘zi atrofi ochiq qoladi.

Shlemning yuqori qismiga havo filtrlashga mo‘ljallangan tibbiyot nasosi o‘rnatiladi. Bu kabi konstruksiya bemorning boshi atrofida o‘ziga xos ventilyatsiya tizimini hosil qiladi — bemor yo‘talganida yoki aksa urganida havoning qayta aylanishi shifokorga virus yuqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tomchilar shlemning ichida qoladi.

Hozircha bu kabi shlemdan foydalanish yaxshilab o‘ylab chiqilgan qaror hisoblanmaydi, biroq konstruksiya yaratuvchilarining hisoblashicha, bu shifokorlarni himoya qilish va mablag‘larni tejash uchun ajoyib variant hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, bu kabi shlemning bir donasi 1,5 funt sterling turadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning aprelida Volgograd tibbiyot ilmiy markazining abilitatsiya va reabilitatsiya laboratoriyasi olimlari ham COVID-19 infeksiyasidan himoyalanishga mo‘ljallangan «Venes-34» shlemini taqdim etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nyu-Yorkda shifokorlarni koronavirusdan himoyalash maqsadida bemorlar uchun shaffof shlem yaratildi