Shtrixli kodlarni skanerlash imkonini Barcode Scanner dasturi smartfonlarni zararlayotgani maʼlum bo‘ldi. Malwarebytes kiberxavfsizlik kompaniyasi xabariga ko‘ra, xavfli tarkibga ega dastur 10 million martadan ko‘proq yuklab olingan.
Android qurilmalarga Google Play do‘koni orqali xarid qilinadigan ushbu dastur dastlab zararli xususiyatga ega emas edi. Biroq foydalanuvchilar so‘nggi yangilanishdan so‘ng brauzer o‘z-o‘zidan reklamali sahifalarni ocha boshlaganligi haqida xabar bergan. Natijada tinimsiz reklamalar foydalanuvchilar asabiga tekkan. O‘rganishlar natijasida reklama hujumi pul ishlash maqsadida amalga oshirilgani aniq bo‘ldi.
Tadqiqotchilar xavfli funksiyani dastur ishlab chiqaruvchisi qo‘shganligini tasdiqladi. Google darhol mazkur xavfdan ogohlatirilgan va dastur magazindan o‘chirib tashlandi. Ammo uni smartfoniga yuklab olganlar ilovani o‘chirib tashlamasalar, dastur xavfliligicha qolaveradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yangi xit: Android’larda Xitoy dasturlarini o‘chirib tashlaydigan ilova ommalashmoqda

Xavfli virus yuz minglab android foydalanuvchilarini «o‘marmoqda»

Google eng yaxshi dizaynga ega mobil dasturlarni ma’lum qildi

Diqqat! “YouTube”da xavfli virus tarqaldi

«YouTube» oflayn talqinni ishga tushirdi. Undan o‘zbekistonliklar ham foydalanishi mumkin

Samsung Smart TV menyusidagi reklama foydalanuvchilar noroziligiga sabab bo‘lmoqda