20:25 / 01.03.2021
1 994

General Motors kompaniyasi oyoqlarni siqilgan havo yordamida massaj qiluvchi tizimni patentladi

General Motors kompaniyasi oyoqlarni siqilgan havo yordamida massaj qiluvchi tizimni patentladi
Foto: USPTO
AQSH Tovar belgilari va patentlar idorasi (USPTO) avtomobildagi yo‘lovchilar oyog‘ini massaj qilishga mo‘ljallangan pnevmatik tizim uchun patent arizasini topshirdi, deb xabar beradi Motor.

Hozirgi kunda o‘rindiqlarga o‘rnatilgan massaj funksiyasini premium sinfiga kiruvchi ko‘plab avtomobillarda uchratish mumkin, biroq General Motors konserni muhandislari izlanishlarni davom ettirib, yo‘lovchilar oyog‘ini massaj qiladigan tizimni o‘ylab topdi. Patent arizasida murakkab pnevmatik konstruksiyaga izoh berilgan bo‘lib, u oyoqni avtomobil polidagi rivojlangan havo aylantiruvchi tizim va ularga qotirilgan siqilgan havoga ega ballonlar yordamida massaj qiladi. Massaj barcha yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, haydovchi undan foydalana olmaydi.

Albatta, tovonlarni massaj qiluvchi pnevmatik tizimdan foydalanish uchun yo‘lovchi oyoq kiyimini yechishi kerak. Shu bilan birga, patentda oyoqqa kelib uriladigan havoning isitilishi haqida hech narsa deyilmagan, shu sababli tizimning foydasi hozircha shubha ostida qolmoqda.

Konstruksiyaning murakkabligini oqilona deb atab bo‘lmaydi — mexanik tizimdan foydalanish optimal va ishonchli bo‘lgan bo‘lar edi. Umuman olganda, pnevmatik massajning seriyali ishlab chiqarishdagi istiqbollari haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » General Motors kompaniyasi oyoqlarni siqilgan havo yordamida massaj qiluvchi tizimni patentladi