Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Samsung kompaniyasi himoyalangan korpus va oddiy texnik tavsiflarga ega hamyonbop Galaxy XCover5 modelini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Galaxy XCover 5 noqulay ob-havo sharoitida ishlashga mo‘ljallangan — u zarblardan, havo haroratining keskin o‘zgarishidan, chang va namlikdan qo‘rqmaydi. Ekranning ancha sezgir ishlashi uchun maxsus rejim ham bor bo‘lib, uni qo‘lqopda ham boshqarish mumkin.
Zamonaviy smartfonlardan farqli o‘laroq, Galaxy XCover 5’ning qopqog‘i yechiladi — uni osonlikcha ochish va akkumulatorni almashtirish mumkin. Yechiladigan akkumulator va himoya korpusi olib tashlansa,u juda ham hamyonbop, oddiy smartfonga aylanadi.
Qurilmaga HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 5,3 dyuymli displey o‘rnatilgan bo‘lib, smartfon Exynos 850 protsessori, 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotirada ishlaydi. Akkumulator sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lib, 15 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.
XCover 5 birinchi navbatda korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan, sotuvga esa shu yilning martida chiqadi. Avvalroq tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, smartfon narxi 300 yevro atrofda bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”