1 949
Yirik shaharlardagi tirbandliklarni haydovchisiz kapsula yordamida bartaraf etish taklif qilindi (video)
Foto: New Deal Design
Kaliforniyadagi New Deal Design dizayn-studiyasi dunyoning yirik shaharlarini tirbandliklardan xalos etishning yangi usulini taklif etdi — telefondagi dastur yordamida chaqirish mumkin bo‘lgan haydovchisiz boshqariladigan Rolla kapsulasi. Ularning fikricha, ixcham qurilma shaharlar uchun juda mos keladi va u hatto an’anaviy transport vositalari o‘rnini egallashi mumkin, deb yozadi Motor.
Rolla to‘liq elektrlashtirilgan avtonom kapsula bo‘lib, unga to‘rtta kichkina g‘ildirak o‘rnatilgan. E’lon qilingan videoga ko‘ra, uning o‘lchami lift kabi va ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan, biroq uning eshiklari yo‘q. Ochiq salonda o‘rindiqlar ham mavjud emas, ammo to‘rtta tutqich va turli xabarlar, vaqt va marshrut tasvirlanadigan katta displey joylashgan.
Rolla’dan avtobus o‘rnida foydalanish mumkin: bu kabi holatda oldindan dasturlashtirilgan marshrut bo‘yicha harakatlanuvchi kapsulani qo‘lni ko‘targan holda to‘xtatish mumkin. Salondan chiqish uchun maxsus tugmadan foydalaniladi. Shuningdek, qurilmani mobil dastur yordamida shaxsiy safarlar uchun ham chaqirish mumkin.
Yoritish ranglari foydalanish usuliga bog‘liq: taksi-kapsulalar binafsharang bilan yoritilgan, jamoat transportida xizmat qiluvchilari esa sariq, korporativ avtoparklarniki — ko‘k. Diod panellari old va orqa tarafda joylashgan bo‘lib, ular fara va burilish chiroqlari bilan jihozlangan.
Rolla — faqat konsept ko‘rinishida, biroq kelajak jamoat transporti borasidagi tasavvurlarni berishga qodir. Texnik jihatlari noma’lum, ammo ochiq kapsulaning maksimal tezligi u qadar yuqori emas — unda tez harakatlanish xavfsiz emas. Bundan tashqari, Rolla’dan sovuq iqlimli, yomg‘irli va yo‘llari yomon davlatlarda foydalanib bo‘lmaydi.
Avvalroq Britaniyada 2030 yilga mo‘ljallangan samolyot kabi boshqariluvchi elektrogiperkar konsepti taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Foto: New Deal Design
Foto: New Deal Design
Foto: New Deal Design
Foto: New Deal Design “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”