
Foto: Pixabay
Xitoylik olimlar avtonom quvvatlanish funksiyasiga ega «aqlli» oynani yaratdi. Qurilma shaffof yoki xira bo‘la oladi. Shuningdek, u quvvatlanishsiz bir necha kun ishlay oladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Oynaning eng asosiy funksiyasi — bu u binoga tushadigan yorug‘likni o‘zgartira olishida. Oyna ultrabinafsha va infraqizil nurlarni bloklab, shaffof bo‘lmasligi ham mumkin. Shu orqali u quyosh nurlari miqdorini kamaytiradi.
Bundan tashqari, gadjet mexanik usulda va quyosh energiyasidan quvvatlana oladi. Oynaning shaffofligi bitta tugmani bosish orqali o‘zgaradi.
Ta’kidlanishicha, oynani TENG — triboelektr nanogenerator yordamida quvvatlanishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar