08:30 / 14.10.2021
1 970

Nokia G300: keng sig‘imli batareya va arzon narxli smartfon

Nokia G300: keng sig‘imli batareya va arzon narxli smartfon
Foto: GSMarena
Nokia kompaniyasi qiymati 200 dollarni tashkil etadigan hamyonbop smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Qurilmaning old panelida HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan va 8 megapikselli selfi-kamera o‘rnatilgan V-simon qirqimga ega 6,5 dyuymli displey joylashgan. Barmoq izi skaneri yon tomonidan o‘rin olgan, yuz orqali blokdan chiqarish funksiyasi mavjud. Minus jihatlari — yon hoshiyalarining qalinligi, bu smartfonga qo‘pol ko‘rinish bergan.

Nokia G300 Snapdragon 480 5G protsessori va 4 gigabayt tezkor xotira bilan jihozlangan. Protsessor takt chastotasi 2 gigagers bo‘lgan ikkita A76 yadrosi hamda takt chastotasi 1,8 gigagers bo‘lgan oltita A55 yadro klasteriga ega sakkiz yadroli chipset hisoblanadi. G300 64 gigabaytli ichki xotira va Android 11 operatsion tizimida taqdim etiladi.

G300 ning uchtalik kamerasi 16 megapikselli datchik, 5 megapikselli «o‘ta keng burchakli» va 2 megapikselli chuqurlikni o‘lchovchi datchikdan tarkib topgan. Shuningdek, kamera tungi suratga olish, EIS tasvirni barqarorlashtirish va shamol shovqinini so‘ndiruvchi funksiyaga ega.

G300 ga o‘rnatilgan 4470 mA/soatli akkumulator ikki kunlik avtonomlikni va’da qilmoqda. Shuningdek, 18 vattli tezkor quvvatlanish imkoniyati mavjud. Smartfon 19 oktabrdan 200 dollar qiymatida sotuvga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia G300: keng sig‘imli batareya va arzon narxli smartfon