Foto: GSMarena
Nokia kompaniyasi qiymati 200 dollarni tashkil etadigan hamyonbop smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Qurilmaning old panelida HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan va 8 megapikselli selfi-kamera o‘rnatilgan V-simon qirqimga ega 6,5 dyuymli displey joylashgan. Barmoq izi skaneri yon tomonidan o‘rin olgan, yuz orqali blokdan chiqarish funksiyasi mavjud. Minus jihatlari — yon hoshiyalarining qalinligi, bu smartfonga qo‘pol ko‘rinish bergan.
Nokia G300 Snapdragon 480 5G protsessori va 4 gigabayt tezkor xotira bilan jihozlangan. Protsessor takt chastotasi 2 gigagers bo‘lgan ikkita A76 yadrosi hamda takt chastotasi 1,8 gigagers bo‘lgan oltita A55 yadro klasteriga ega sakkiz yadroli chipset hisoblanadi. G300 64 gigabaytli ichki xotira va Android 11 operatsion tizimida taqdim etiladi.
G300 ning uchtalik kamerasi 16 megapikselli datchik, 5 megapikselli «o‘ta keng burchakli» va 2 megapikselli chuqurlikni o‘lchovchi datchikdan tarkib topgan. Shuningdek, kamera tungi suratga olish, EIS tasvirni barqarorlashtirish va shamol shovqinini so‘ndiruvchi funksiyaga ega.
G300 ga o‘rnatilgan 4470 mA/soatli akkumulator ikki kunlik avtonomlikni va’da qilmoqda. Shuningdek, 18 vattli tezkor quvvatlanish imkoniyati mavjud. Smartfon 19 oktabrdan 200 dollar qiymatida sotuvga chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi