Foto: «Mitc.uz»
21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi va Hindiston dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati (STPI) vitse-prezidenti Devesh Tyagi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda IT-Park markaz va filiallarida trening va turli tadbirlarni o‘tkazish maqsadida hindistonlik mutaxassislarni jalb qilish, IT-Park kompaniya rezidentlari mahsulotlarini chet el bozorida ilgari surish, birgalikda ko‘rgazma va forumlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, STPI kompaniya a’zolari uchun O‘zbekistonga biznes safarlarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va Hindiston texnoparklarida xodimlarning malaka oshirishlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Hindiston dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati (STPI) 1991 yilda Hindistonda dasturiy ta’minotning eksportini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan. Mazkur jamiyat dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirishga va eksport qilishga ko‘mak beradi, AKT sohasiga oid qonunchik bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)