date
views 1 382

Oppo va Realme 200 dollarlik smartfonlarini taqdim etdi

Oppo va Realme 200 dollarlik smartfonlarini taqdim etdi
Foto: «Vesti»
Oppo va Realme (Vivo va OnePlus singari, bu ikki brendning ham BBK Electronics korporatsiyasiga bogʻliq joyi bor) oʻrta narx segmenti uchun moʻljallangan Android 12 smartfonlarini Xitoyda taqdim etdi. Har ikkisining narxi yuandan oʻgirilganda 200 dollar atrofida.

Oppo A55s 5G

Ushbu smartfon MediaTek Dimensity 700 protsessorida ishlaydi: 6 nanometrli texnik jarayondan oʻtgan, chastotasi 3,4 GGts. Talqiniga qarab 6 yoki 8 GB operativ xotirali, 6,5 dyuymli ekrani HD+ ni qoʻllaydi, akkumulyatori sigʻimi — 5000 mAs

Realme Q5i

Bu smartfonning ekrani sal kattaroq (6,58 dyuym), sifati ham shunga mos — FullHD+ (bir soniyada kadr yangilanishi 90 tagacha). Protsessori ham yuqoridagi raqibinikidan kuchliroq — sakkiz yadroli MediaTek Dimensity 810 5G, yana bir afzalligi — 33 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Operativ xotirasi — 4 va 6 GB.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Oppo va Realme 200 dollarlik smartfonlarini taqdim etdi