14:18 / 19.06.2022
1 458

Eng foydali nonushta qanday bo‘ladi? Shifokor tavsiya berdi

Eng foydali nonushta qanday bo‘ladi? Shifokor tavsiya berdi
Tibbiyot fanlari nomzodi, endokrinolog Zuxra Pavlova o‘zining Telegram-kanalida qanday nonushtani eng foydali deya hisoblash mumkinligi haqida yozdi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, har qanday taom oqsil, murakkab uglevodlar va yog‘larni o‘z ichiga olishi kerak.

Nonushtaga tuxumni yaxshilab qaynatib iste’mol qilgan ma’qul, tuxum qo‘yilgan suv qaynab chiqqach ham bir daqiqa kutish tavsiya etiladi. Tuxumni sabzavot va salatlar bilan yeyish foydali (bodring, pomidor va hokazo). Javdar non yeyish ham mumkin, nonni biroz suvini qochirib iste’mol qilish foyda beradi.

Shu bilan birga, nonushta bilan choy yoki qahva ichmaslik tavsiya etiladi, limonli bir stakan iliq suv esa yaxshidir. Pavlovaning so‘zlariga ko‘ra, ideal nonushta - bu tariq pyuresidir. U pyureni qovoq bilan birga pishirishni maslahat bergan.

Endokrinolog bunday nonushtaga shuningdek, qo‘shimcha protein kokteyli yoki tvorog iste’mol qilish mumkinligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Eng foydali nonushta qanday bo‘ladi? Shifokor tavsiya berdi