
Kosmetik stomatolog, Marylebone Smile Clinic asoschisi, doktor Sahil Patel tishlarni oqartiruvchi pastalardan foydalanmaslikni tavsiya qildi.
Hozir tarkibida PAP yumshoq oqartiruvchisi bor pastalar ko‘p. Biroq u tishlarni qisqa muddatga oqartiradi, uning xavfsizligi va kelgusida tishlarga ta’siri yaxshi o‘rganilmagan.
Tishlarni oqartirish uchun eng yaxshisi — stomatolog huzuriga borish, deya ta’kidladi doktor Patel.
Tish pastalari uch-to‘rt turda bo‘ladi: ftorli, sezuvchanligi yuqori tishlar uchun (u ham ftorli), ftorsiz, oqartiruvchi. Bular orasida tishlarning salomatligi uchun eng yaxshisi — dastlabki ikkitasi, dedi Marylebone Smile Clinic asoschisi.
Oqartiruvchi pastalarning tishlarga zarari
Ftorsiz pastalarni umuman ishlatmang. Oqartiruvchi hamda kashandalar uchun pastalar tishlarga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Doktor Patelning ta’kidlashicha, oqartiruvchi pastalar yupqa emalni ketkazish hisobiga tishlarni oqartiradi. Bu emalning qalinligi atigi 0,5-1 mm. Shu yupqa emal insonga bir umr xizmat qilishi kerak. Oqartiruvchi pastalar tinmay ishlatilaversa, oxir-oqibat tishning emali yemirilib tugaydi.
Oqibatda tishlarning sezuvchanligi oshib ketadi, rangi sarg‘ayishni boshlaydi, qolaversa, yoshingiz bir joyga borganda tish do‘xtiriga serqatnov bo‘lib qolishingiz mumkin.
Oqartiruvchi PastalarTishlarni OqartirishDoktor PatelMarylebone Smile ClinicTishlarning SalomatligiFtorsiz Pastalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing