Foto: «Noviy ochag»
Ovqatlangandan keyin birinchi yarim soat ichida choy ichmaslik kerak. Agar bir necha xil mahsulotlar iste’mol qilngan bo‘lsa, umuman choy ichmagan ma’qul. «Noviy ochag» nashri choy va qanday mahsulotlarning kombinatsiyasi sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
Ko‘pchilik ovqatdan keyin bir piyola choy ichishni yaxshi ko‘radi. Bu to‘g‘ri qaror, ayniqsa ovqatdan keyin kamida yarim soat o‘tgan bo‘lsa. Ammo ba’zi mahsulotlarni choy bilan qabul qilmaslik kerakligini yodda tutish lozim.
Choy ichish foydali odatdir. Qora yoki ko‘k bo‘lsin, u organizmni energiya bilan ta’minlaydi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, miya faoliyatini rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, u erkin radikallarning xavfli ta’siriga qarshi turishga yordam beradi, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilaydi, qonda shakar miqdorini sog‘lom saqlashga yordam beradi va hatto saraton kasalligining oldini olishda ham foydalidir.
Temirni o‘z ichiga olgan mahsulotlar
Qizil go‘sht, yurak yoki jigar, brokkoli, zaytun va zaytun moyi, ismaloq, dengiz mahsulotlari va baliqning ba’zi turlari — bularning barchasi temirga boy, ya’ni ularni hech qachon choy bilan, ayniqsa ko‘k choy bilan birga iste’mol qilib bo‘lmaydi. Pensilvaniya universiteti tomonidan sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, temir molekulalari ko‘k choy tarkibidagi asosiy antioksidant bo‘lgan epigallokatexin gallat bilan bog‘lanishi mumkin.
Natijada qo‘zg‘atuvchilarga javoban oq qon hujayralari tomonidan ajralib chiqadigan yallig‘lanishga qarshi fermentning faolligi ma’lum vaqt davomida bostiriladi. Agar bu ferment an’anaviy tarzda ajralib chiqsa, u holda organizm ichak yoki oshqozonda yallig‘lanish reaksiyalariga qarshi tura oladi. Ammo agar temirga boy mahsulotni bir piyola ko‘k choy bilan ichish, unda bir muncha vaqt bu jarayon sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi, ya’ni yallig‘lanish kasalligini rivojlanish xavfi ortadi.
Yog‘li go‘sht
Ovqatlanish bo‘yicha ko‘plab tavsiyalarda tushlikni, bir piyola choy bilan yakunlash tavsiya etiladi: ichimlik tarkibidagi moddalar metabolizmni rag‘batlantiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va organizmga yog‘ni yaxshiroq eritishga yordam beradi. Biroq, kichik bir ogohlantirish bor: ichimlikning harorati yuqori bo‘lmasligi kerak. Agar yog‘li ovqatlarni, ayniqsa go‘shtni choy bilan ichsangiz, uning harorati inson tanasining haroratidan yuqori bo‘lsa, yog‘ning sog‘liqqa salbiy ta’siri yanada kuchayadi.
Spirtli ichimliklar
Birinchidan, spirtli ichimlikdan keyin issiq choy shilliq qavatlarga ikki marta zarba beradi. Spirtli ichimliklar o‘z-o‘zidan oshqozon-ichak trakti organlarining membranalariga salbiy ta’sir qiladi va issiq choy qo‘shimcha ravishda kekirdak va qizilo‘ngachni kuydirib yuborishi mumkin. Agar bu muntazam ravishda takrorlansa, saraton xavfi sezilarli darajada oshadi. Ikkinchi sabab yurak-qon tomir tizimiga yuk ortadi. Deyarli barcha turdagi choylarda ko‘p bo‘lgan kofein spirtli ichimliklar bilan birgalikda yurak va qon tomirlarini ortiqcha yuklaydi, bu esa organizm uchun zararli.
Sut
Choyda mavjud bo‘lgan eng foydali birikmalardan biri antioksidant katexinlar bo‘lib, hujayralarga zarar yetkazadigan xavfli erkin radikallarning ta’sirini neytrallashi, yurak-qon tomir salomatligini qo‘llab-quvvatlashi va ikkinchi toifa diabet xavfini kamaytiradi.
Afsuski, ba’zi tadqiqotlar sut tarkibidagi kazein oqsili choy tarkibidagi antioksidantlar bilan bog‘lanib, ularning faoliyatini to‘xtatishi mumkinligini tasdiqlaydi. Yaxshi xabar shundaki, choy uzoqroq qaynatiladi, hatto ichimlikka sut qo‘shilsa ham, antioksidantlarning yaxshi so‘rilishiga yordam beradi.
Choyni tayyorlash va ichishdagi yana qanday xatolar uni zararli mahsulotga aylantiradi?
Och qoringa choy ichish
Choy barglari ekstrakti oshqozon sekretsiyasini bostiradi va me’da shirasining ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Oddiy qilib aytganda, och qoringa ichilgan choy ishtahani bostirishi va nonushta qilishni rad etilshi mumkin. Ammo bu sog‘liqqa qarshi eng katta jinoyatdir.
Choyni juda kuchli qaynatish
Choy tayyorlashda uni kam solish choyning ta’miga, ko‘p solish esa kofein miqdorining oshishiga olib keladi. Shu sababli, asab tizimi haddan tashqari qo‘zg‘alishi mumkin (eng og‘ir holatlarda taxikardiya va qo‘llarning titroqlari paydo bo‘lishi mumkin) va diuretiklarning ko‘pligi suvsizlanishga olib keladi. Bundan tashqari, juda kuchli bo‘lgan choydagi taninlarning ko‘pligi ichakning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ich qotishini qo‘zg‘atishi mumkin.
Choyni juda issiq ichish
Doimiy ravishda tomoq, qizilo‘ngach va oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladigan juda issiq ichimliklarni muntazam ichish kuyishlar va chandiq to‘qimalarining shakllanishiga olib kelishi mumkin, bu infeksiyalarga nisbatan sezgirlikni oshiradi va shish paydo bo‘lish ehtimoliga ega. Shuning uchun choy biroz sovitib ichish tavsiya etiladi.
Choy bilan dori ichish
Har qanday dori-darmonlarni faqat gazsiz toza suv bilan ichish mumkin, aks holda ularning ta’siri zaiflashishi yoki aksincha, kuchayishi mumkin. Har qanday holatda ham choy bilan tabletka va kukunlarni qabul qilmaslik kerak: bu ichimlik juda ko‘p faol moddalarni o‘z ichiga oladi, ularning aksariyati dorilar bilan mutlaqo mos kelmaydi. Masalan, choy bilan qabul qilingan eufellin yoki papaverin yurak faoliyatiga yomon ta’sir qilishi mumkin. Choy bilan ichilgan kontratseptivlar yoki sedativlar oddiygina ishlamasligi mumkin.
Damlanganiga bir sutka bo‘lgan choyni ichish
Bir kunlik choy nafaqat foydali moddalarining ko‘pini yo‘qotadi, sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazadigan patogen mikroorganizmlar ham unda faol ko‘payadi. Yangi choy shifobaxsh bo‘lsa, bir kunlik choy, afsuski, haqiqiy zahardir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»