Mutaxassislar dukkakli mahsulotlar, baliq va yong‘oqlarni ham ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya etishmoqda. Chunki dukkaklilar kletchatka manbai bo‘lib, ular yuqori kaloriyali emas, ammo to‘yimlilik hissini beradi.
To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha ta’lim milliy markazi mutaxassislari xolesterin miqdorini kamaytiruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi.
Xolesterin (xolesterol) - jigarda hosil bo‘lgan sterollar guruhidan yog‘ga o‘xshash modda, organizmga oziq-ovqatdan kiradi.Xolesterin tana hujayralari membranalarining ajralmas qismi bo‘lib, u organizm uchun jinsiy gormonlar, safro kislotalari va nerv hujayralarini ishlab chiqarish uchun zarurdir.
Xolesterin “yaxshi” va “yomon” xolesteringa bo‘linadi. O‘z navbatida organizmda “yaxshi” xolesterinlar miqdori ko‘p, “yomon” xolesterin esa kam bo‘lishi kerak.
Mutaxassislarning fikricha, ovqatlanishdagi o‘zgarishlar umumiy xolesterin miqdorini 25% ga kamaytiradi. Ular yog‘li go‘sht va yarimfabrikatlar, shuningdek, yog‘li pishloqni kamroq iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda. Hayvon yog‘larini o‘simlik yog‘lariga almashtirish kerak.
Parhezshunoslar ratsionga to‘rt mahsulotni iste’mol qilishni maslahat berishmoqda. shulardan biri kletchatkaga boy suli yormasidir.
Xususan, dukkakli mahsulotlarni ham ko‘proq iste’mol qilish kerak - ular ham kletchatka manbai hisoblanadi. Dukkaklilar yuqori kaloriyali emas, ammo to‘yimlilik hissini beradi. Bu esa o‘z navbatida, ortiqcha vazn va yog‘lardan xalos qiladi.
Yong‘oqlar ham xolesterin bilan kurashishda yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, ekspertlar Omega-3 manbasi bo‘lmish yog‘li baliqlarni ko‘proq iste’mol qilishni maslahat berishdi. Baliq tarkibidagi foydali moddalar trigletseridlarni kamaytiradi va qon tomirlari salomatligiga yaxshi ta’sir qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin