10:07 / 20.09.2022
1 382

Nevrolog energetik ichimliklarning o‘ta yomon tas’sirlarini ochiqladi

Nevrolog energetik ichimliklarning o‘ta yomon tas’sirlarini ochiqladi
Nevrolog Pavel Xoroshev Ura.ru nashriga bergan intervyusida energetik ichimliklar tana to‘qimalarining oziqlanishi bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi va qon bosimini oshirishini ta’kidladi.

«Energetik ichimliklar organizmga yaxshi ta’sir qilmaydi, chunki ular uyqu va uyg‘onish davrlarini buzadi, bosimni oshirishi mumkin. Ular odamlarda diurezni buzadi, ya’ni bosim keskin ko‘tarilganda, tana uni tushirishga harakat qiladi», — deydi Xoroshev.

U qon tomirlarining bo‘shashishi orqali bosimning pasayishini tushuntirdi. Tana aylanma qon hajmini tiklashga harakat qiladi va peshob kelishi kuchayadi.

«Natijada, organizm ko‘p miqdorda suyuqlikni yo‘qotadi va qonning yopishqoqligi oshadi, to‘qimalarning oziqlanishi buziladi», — deb ta’kidladi shifokor.

Xoroshev, shuningdek, haydovchilarni energetik ichimliklar iste’mol qilmaslik haqida ogohlantirdi, chunki ichimlik sayohat paytida quvnoqlikni kafolatlamaydi. Bundan tashqari, shifokorning fikriga ko‘ra, bu holatda baxtsiz hodisa xavfi faqat ortadi.

«Avvaliga odam hayajonlanadi, tezlikni oshirishga, keskin manevrlarga moyil bo‘ladi, bu yesa baxtiz hodisa xavfini oshiradi», — deya qo‘shimcha qildi nevrolog.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nevrolog energetik ichimliklarning o‘ta yomon tas’sirlarini ochiqladi