22:02 / 21.10.2022
1 460

«Bemorlarimga biologik faol qo‘shimchalardan foydalanmaslikni maslahat beraman» — oliy toifali ko‘z shifokori

«Bemorlarimga biologik faol qo‘shimchalardan foydalanmaslikni maslahat beraman» — oliy toifali ko‘z shifokori
Oliy toifali ko‘z shifokori Hikmatullo Sodiqov «Daryo» muxbiriga bergan intervyusida hozirda televideniye, radio va internet tarmoqlarida biologik faol qo‘shimchalarni targ‘iboti kuchayib borayotgani haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

«Yuz xil dardga davo sifatida taqdim etishyapti. Ko‘z kasalliklari bo‘yicha oladigan bo‘lsak, ko‘z tomchi dorisini ko‘rsatib, katarakta kasalligidan xalos etadi, deb reklama qilishmoqda. Hattoki ular orosida «Minus 5 ko‘zoynak taqar edim, mana shu dorini ishlatib, yaxshi bo‘lib ketdim» deyayotganlari ham bor. Bularning barchasi yolg‘on, ishonmaslik kerak», — dedi shifokor.

Oftalmologning alohida ta’kidlashicha, murojaat qilayotgan bemorlarning orasida bioqo‘shimchalardan foydalanish qanchalik to‘g‘ri ekanligi haqida so‘raydiganlar ko‘p.

«Har kuni bunga duch kelamiz. Bemorlar 3-4 ta bioqo‘shimchani ko‘rsatib, «Mana shu dorini rosa maqtayapti, foydalana boshlasam bo‘ladimi, sotib oldim» deb so‘raydi. Ularga foydalanmasliklarini va albatta, boshqalarga ham tavsiya qilmasliklarini tushuntiraman», — dedi Hikmatullo Sodiqov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, shifokorlar tomonidan bioqo‘shimchalarni maqtab, bemorlarga tavsiya qilishlariga maoshlarning kamligi sabab bo‘lmoqda.

«Hammasi iqtisoddan kelib chiqadi. Buni tag-tomiri bilan yo‘qotish uchun shifokorlarni oyligini ko‘tarish kerak. Hozir arzimagan oylik bilan yashab bo‘lmaydi. Masalan, ba’zi doktorlar to‘rtta bir xil dori bo‘lsa, kelishilgan firmaning dorisini yozib berishi mumkin. Bundan cho‘ntagiga 4-5 so‘m pul qoladi. Bu xató ish, lekin u bu narsani zarurat deb hisoblaydi. Ikkinchidan, bunday holatlar ko‘p emas», — dedi Hikmatullo Sodiqov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » «Bemorlarimga biologik faol qo‘shimchalardan foydalanmaslikni maslahat beraman» — oliy toifali ko‘z shifokori